Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA KENGLIKLARIDA BARPO ETILGAN YANGI O’RIKZOR MEHMONLARNI LOL QOLDIRDI

×

 2023-06-02 18:21:48    80

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya kengliklarida barpo etilgan yangi o’rikzor mehmonlarni lol qoldirdi


Er va suv bizning xalqimiz uchun oltinga teng boylik hisoblanadi. Ma'lumki, tumanimizda Prezidentimiz tashabbusi va Farg’ona viloyati hokimi sa'y-harakati bilan qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirishga oid keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Ayni kunda tumanimizning Javpaya massivida ayni ushbu tashabbus asosida yangi bog’ barpo etildi. Hozirgi kunda birinchi bosqichda 230 gektar yerga xorijdan keltirib ekilgan o’rik ko’chatlari kurtak otdi. Hududda tomchilab sug’orish tizimi o’rnatildi. Yangi o’rikzor 50 sotixdan lotlarga ajratilib, kooperatsiya usulida mahalliy aholiga, ishsiz yoshlarga ajratib berildi.  


Javpaya massivida bo’lgan mehmonlar amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning guvohi bo’lishdi. Mehmonlarga yer egasi bo’lgan fuqarolar berilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirib, Javpayada foyda olish va daromad manbaiga ega bo’lish uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratib berilganini ta'kidladilar.


Bugun fuqarolarga bepul yetkazib berilgan dukkakli o’simliklar urug’lari, ayniqsa, oshqovoq, torvuz va qovun, loviya kabi poliz mahsulotlari bog’ qator oralariga o’tqazilmoqda va ekilmoqda. Mehmonlar ham ushbu ulkan ishlarning natijasi xayrli bo’lishiga ishonish lozimligi va bunday ezgu tashabbuslarga xayrixoh bilan qarash lozimligini alohida qayd etdilar.


Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Javpaya massivida tomchilatib sug’orish uchun mo’ljallab qurilgan membrana hovuzini ham ko’rdi. Sahro va cho’llarga suv yetkazib, xalqning manfaatiga xizmat qilayotgan rahbarlarga nisbatan samimiy dil izhorlari tilga olindi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram