TOJIKISTONLIK MEHMONLAR TUMANDAGI O’ZGARISHLARGA YUQORI BAHO BERISHDI
2023-06-02 18:19:26 141
Tojikistonlik mehmonlar tumandagi o’zgarishlarga yuqori baho berishdi
Kundan kunga o’zgarib, o’zgacha chiroyga ega bo’layotgan tumanimizga davlat rahbarining e'tibori qaratilgan. Ushbu e'tibor zamirida xalqimiz manfaati mujassamligi bo’layotgan o’zgarishlarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Prezidentimiz e'tibori asosida qurib foydalanishga topshirilgan Sharqobod mahallasidagi yangi va zamonaviy ko’prik bugun ushbu hudud aholisining og’irini yengil, uzog’ini yaqin qilishga xizmat qilayotir. Ushbu hududda bo’lgan Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ham O’zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlar bugun butun dunyo havasini keltirayotganini qayd etdi.
So’x o’zining go’zal tabiati va o’zgacha chiroyi bilan bugun yanada go’zallashib bormoqda. Mehmonlar Devayron mahallasi hududida ushbu go’zalliklardan bahramand bo’lib, mazkur mahallada faoliyati yo’lga qo’yilgan “Avilon-So’x tekstil” korxonasi tomon yo’l oldilar.
Ushbu tikuvchilik korxonasi ham bevosita davlatimiz rahbarining alohida e'tibori asosida qurilgan. Ayni kunda ushbu korxonada yuz nafardan ortiq So’xlik xotin-qizlar va ayollar faoliyat olib borishadi. Qo’qon shahrining yetakchi tadbirkorlariga biriktirib berilgan ushbu korxonada bugun eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ayni kunda mazkur korxonada tikilayotgan mahsulotlar Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda.
Abdujabbor Rahmonzoda tikuvchilik korxonasi ishchilari bilan samimiy suhbatlashdi, yaratib berilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqiqatan ham sifatli ekanligini ta'kidladi. Nuronyilar va mahalla faollari bilan boshlangan suhbat ham ko’y-qo’shiq va she'rxonlikka ulanib ketdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram