Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 190 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOJIKISTON RESPUBLIKASINING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI SO’X TUMANIDA

×

 2023-06-02 18:17:45    83

PDF yuklash
Chop etish


Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi So’x tumanida


O’zbek va tojik xalqlarining asrlar osha shakllangan va mustahkamlangan do’stlik rishtalari, o’zaro hamjihatligi ikki qardosh xalqning Prezidenti – Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Emomali Rahmonning odilona va oqilona siyosati tufayli bugunga kelib, yangi bosqichga ko’tarildi. Oxirgi yillarda ikki qardosh millat o’rtasida tuzilgan hamkorlik munosabatlari o’rtadagi aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotir.


Bugun tumanimizga Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Respublikaning eng olis tumaniga bo’layotgan e'tibor va ushbu e'tibor zamirida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xalqimizning turmush farovonligiga qaratilayotgan islohotlar samarasi va albatta, ushbu jannatmakon go’shada umrguzaronlik qilayotgan xalq bilan muloqotda bo’lish, O’zbekistondagi tojik milatiga mansub fuqarolarning hayoti bilan yaqindan tanishishdan iborat.


So’x tumani aerodromida mehmonlari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, faxriylar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari non-tuz va guldastalar – o’zgacha tavoze bilan kutib olishdi. Yangragan karnay-surnay navolari, ijro etilgan ko’y-qo’shiqlar, aytilgan she'rlar kutib olish marosimiga yanada ko’tarinkilik baxsh etdi.


Nuroniylar bilan bo’lib o’tgan samimiy muloqotda ikki qardosh xalqning do’stligi, bu do’stlik ming yillar osha ajdodlardan avlodlarga ulashilib kelinayotgani, ikki davlat rahbarlarining insonparvarlik siyosati tufayli o’rtadagi aloqalar yanagi bosiqchga ko’tarilayotgani alohida ta'kidlandi. Abdujabbor Rahmonzoda ham o’z navbatida ikki millat do’stligi Alisher Navoiy va Abdurahmoni Jomiy satrlarida tarannum etilgani va bu rishtalar kelajak avlodlarga ham munosib meros sifatida o’tayotganini go’zal she'rlar qiroati bilan ta'kidladi.


Samimiy muloqot jarayonida mazkur tashrif ikki kunga mo’ljallanganligi qayd etib o’tildi. Tashrif davomida asosan xalq bilan muloqot qilish niyati borligini qayd etgan elchi tuman hokimi boshchiligida tuman markazi tomon yo’l oldilar. 


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram