Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADLIYA TIZIMI VAKILLARI VA MAHALLA HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILMOQDA

×

 2023-05-31 19:00:16    175

PDF yuklash
Chop etish


Adliya tizimi vakillari va mahalla hamkorligida aholi muammolari o’rganilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2023 yil 11 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi ma'ro’zasi asosida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha berilgan taklif va ko’rsatmalarni ijrosi yuzasidan bizning tumanimizda ham mahalla fuqarolar yig’ini bilan hamkorlikda amaliy ishlar qilinmoqda.

Bu bo’yicha qo’shma qaror ham qabul qilingan va ushbu qo’shma qarorga binoan bugun So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarov, So’x tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazining sho’'ba mudiri Abdumannof Umridinov va Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Umedjon Qosimovlar ishtirokida uymauy yurish orqali aholi bilan suhbatlar o’tkazildi.

Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida doimiy yashaydigan, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan, hamda ularning ota-onalari bilan suhbat qilindi, suhbatlar jarayonida ularni qiynayotgan muammolar ham o’rganildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram