Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ORAMIZDAGI ODAMLAR

×

 2023-05-30 14:58:36    71

PDF yuklash
Chop etish


Oramizdagi odamlar

Oramizda turli sohalarda faoliyat yuritib, tumanimiz sharafini barcha jabhalarda munosib himoya qilayotgan yurtdoshlarimiz bor. So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidov mana shunday yoshlarimizdan.

Aslida Rishton tumani Qoshqayron mahallasida tug’ilib o’sgan Farxiddin vazifa taqozosi tufayli tumanimizning favqulodda vaziyatlar bo’limida faoliyat olib boradi. – Uch yildan beri So’x tumanida faoliyat olib boraman. Aslida Rishton bilan So’xni mustahkam rishta bir-birlariga bog’lab turadi, bu birdamlikdir. O’zbekistonning har bir go’shasi biz uchun Vatan va ushbu Vatan qudrati va rivojiga hissa qo’shish biz farzandlarning asosiy vazifamizdir. Hayotda nimaga erishgan bo’lsam, onajonim tufayli, onajonim bizning baxtimizga sog’-omon bo’lsinlar, - deydi biz bilan suhbatda Farxiddin Saidov.

Farxiddin yaqinda Toshkent shahrida o’tkazilgan O’zbekiston Qurollangan kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalar vakillari, harbiy ta'lim muassasalari kursantlari, professional sportchilar va sport havaskorlari ishtirokida, “Men g’olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etib, sovrindor bo’ldi.

“Xursandchilik kelsa, qo’shaloq keladi” deganlaridek, Farxiddin Saidovning onajonisi Bibioyshaxon Saidovaga viloyatimizda o’tkazilgan “Onalarga ehtirom” festivalida viloyat hokimi tomonidan “Eng yaxshi mutaxassislarni tarbiyalagan ona” nominatsiyasida diplom va qimmatbaho sovg’a taqdim etildi.

Oila mustahkamligi va uning tinchligi albatta, mana shunday insonlar qo’lida. Mana shunday mustahkam oilalar va Vatanga sodiq farzandlar soni ko’payaversin.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram