Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HIMOYA ORDERI NIMA? U QAY TARTIBDA BERILADI?

×

 2023-05-30 14:44:02    617

PDF yuklash
Chop etish


Himoya orderi nima? U qay tartibda beriladi?

 

2019 yil 2 sentyabrda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida» Qonun e'lon qilingan. Unda tazyiq va zo’ravonlik nimaligiga aniqlik kiritilgan, tazyiq va zo’ravonlikning jinsiy, jismoniy, iqtisodiy va ruhiy shakllari izohlangan.

Qonunga asosan, ayollar bir qator vakolatli organlar – Vazirlar Mahkamasi, joylardagi mahalliy davlat organlari, ichki ishlar organlari, mehnat organlari, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari hamda ta'lim muassasalari, sog’liqni saqlash tizimi va sog’liqni saqlash muassasalari, Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan turli shaklda himoya qilinishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qonun haqiqatan ham himoyaga muhtoj bo’lgan xotin-qizlarni o’z vaqtida aniqlab, ularga nisbatan yakka tartibdagi, manzilli profilaktik chora-tadbirlarni qo’llash imkoniyatini beradi.

Ayollar tazyiq yo zo’ravonlikka uchragani haqida o’z vaqtida murojaat qilish huquqiga ega. Mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, ayollarimiz bunday hollarda murojaat qilishga uyaladi. Bunday holatlarni aniqlashning turli xil yo’llari bor. Faqat o’zining jabrlanuvchining murojaati orqali emas, yon-atrofdagilarning ham murojaat etishi mumkinligi belgilandi.

Belgilab qo’yildiki, har bir holatda ichki ishlar organlariga xabar berilganida ularga nisbatan tezkor choralar qo’llab, himoya orderini berish kerak bo’ladi.

         Shunday holatlar borki, jabrlanuvchi ham, uni sodir etuvchi huquqbuzar, ya'ni tazyiq-zo’ravonlik o’tkazuvchi shaxslar ham ayollar bo’lib qolishi mumkin. O’ylantiradigan jihati, oila-turmush munosabatlarida sodir etilayotgan har qanday nizoli holatlar avvalambor ko’proq ayollar o’rtasida kelib chiqadi: qaynona-kelin, opa-singil va boshqalar.

Bizda zo’ravonlik deyilganida odatda tan jarohati bilan bog’liq holatlar tushuniladi. Bundan tashqari, maishiy, jinsiy zo’ravonlik ham bor. Yangi Konstitutsiyamiz va boshqa qonun hujjatlarida shaxsning erki, huquqlari to’laligicha kafolatlangan. Shaxsning xohish-irodasiga zid bo’lgan har bir xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqi hech kimga berilmagan.

Fuqaro ichki ishlar organlari yoki profilaktika inspektoriga murojaat qilolmay, boshqa joylarga xabar beradigan bo’lsa, u xoh og’zaki, xoh yozma murojaat bo’lsin, har qanday holat ro’yxatga olinadi.

Himoya orderi berish tartibi shundayki, xabar berilganidan profilaktika inspektori voqea joyiga zudlik bilan borib, hujjatlarni rasmiylashtiradi va [jabrlanuvchiga] himoya orderini beradi.

Himoya orderi 1 oy muddatga beriladi. Shu muddat ichida nizoni hal etish imkoni bo’lmasa, yoki o’sha holat yana davom etadigan bo’lsa, ayolning murojaatiga asosan yana 1 oy muddatga uzaytiriladi.

Bir oy muddatga uzaytirilganidan keyin huquqbuzarga nisbatan tuzatish dasturi amalga oshiriladi. U bilan psixologlar, faollar, mehnat jamoasidagi vakillar ishlaydi. Qonun hujjatlarida bu ham belgilab berilgan.

 

 

Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram