KITOBXONLAR SONINI KUPAYTIRISHGA DOIR AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2023-05-30 14:41:58 125
Kitobxonlar sonini kupaytirishga doir amaliy ishlar qilinmoqda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 781-sonli qarori, Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Ma'naviyat oyligi”ni o’tkazish to’g’risidagi farmoyishi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining shu boradagi farmoyishlarini ijrosini ta'minlash maqsadida So’x tuman ichki ishlar bo’limi bilan hamkorlikda amaliy ishlar qilinmoqda.
Tizimida xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkib xodimlari tuman Axborot- kutubxona markaziga tashrif buyurdilar. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad huquq-tartibot organlari xodimlari o’rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o’qishga bolgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Kutubxona xodimlari bilan samimiy suhbat tashkil etildi va ichki ishlar xodimlariga olib kelingan yangi adabiyotlar to’g’risida ham ma'lumotlar berildi. – Kutubxona fondi boyishi bilan bir qatorda kitobxonlar safi ham keskin kengaymoqda. Biz ichki ishlar organlari xodimlari bilan o’rtadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatimiz bor, - deydi tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Zafarjon G’aniyev.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram