Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2023-05-29 19:08:17    147

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

 

Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko’rsatiladi

Yangi Mehnat kodeksiga ko’ra, mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari ko’rsatiladi.

Xodimning mehnat shartnomasida ko’rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

•       familiyasi, ismi va otasining ismi;

•       shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to’g’risidagi ma'lumotlar;

•       yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bog’lanishga doir ma'lumotlar;

•       soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;

•       jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo’lganda);

•       shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami.

Ish beruvchining mehnat shartnomasida ko’rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

•       mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining nomi;

•       ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma'lumotlar;

•       ish beruvchi tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);

•       soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;

•       ish beruvchilarning bank rekvizitlari;

•       ish beruvchining aloqa ma'lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram