Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-29 18:48:46    70

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman madaniyat markazi hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chiqiriq yetmish ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari “beshligi”, umumiy o’rta ta'lim maktablari direktorlari va pedagogik jamoalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Sessiyaga muhokama etish uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:


1. 2023 yil 9-iyul kuniga belgilangan saylovni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida tumandagi saylov o’tkazuvchi uchastka tarkibini tasdiqlash to’g’risida.


2. Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 2023-yil 1-choragida tumanda odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlari to’g’risida.

 

3. Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 2023-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida.

 

4. So’x tumani 2-sektor hudududida ehtiyojmand, nogiron, boquvchisini yuqotgan oila a'zolarini “Temir daftarga” kiritish to’g’risida.

 

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyati So’x tumanidagi Xalq qabulxonasining 2023-yil 25-may kunidagi 47-31/23-sonli xati to’g’risida.

 

Sesiya kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha maslahatchisi Ibrohimjon Axmatov so’zga chiqib, tumanda tashkil etilgan saylov o’tkazuvchi uchastkalar tarkibini sessiya ishtirokchilariga tanishtirdi.

Uchastka saylov komissiyasi va a'zolariga oid deputatlar va sektor rahbarlari o’zlarining fikr-muhohazalarini bayon etdilar. Tashkil etilgan har bir saylov uchastkalari a'zolari va tarkibi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.  

 

Ikkinchi va uchinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi kotibiyat mudiri Mas'udjon Jumayev ma'ro’za qildi va o’z so’zida masalalar yuzasidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida deputatlarga axborot berdi.

Sessyai kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham tuman Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan sessiya ishtirokchilariga ma'lumotlar yetkazildi. Fuqarolarni “Temir daftar” ga kiritish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasiga moddiy yordam masalasida murojaat etgan fuqaroga amaliy ko’mak berish deputatlar tomonidan ma'qullandi.      

 

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o’z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo’yilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram