SOHIBKOR MAHALLASIDA PALLAXONA SEL YO’LINI TA'MIRLASH VA QIRG’OQLARINI MUSTAHKAMLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2023-05-27 18:10:21 128
Sohibkor mahallasida Pallaxona sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda
Aytish lozimki, tumanimizda Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida hududlar infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi sektor hududidagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun 12 milliard 570 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
Amalga oshirilayotgan ishlar barobarida mazkur hududda daryo qirg’oqlarini mustahkamlash, sel yo’llarini ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish va yangi sel yo’llari barpo etishga oid amallar bajarilayotir. Prezidentimizning 30 dekabr 2022 yildagi “2023 — 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 465-sonli qarori asosida ayni kunda Sohibkor mahallasidagi Pallaxona sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot uchun: mazkur inshootning ta'mirlash ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi 1009-son qarori asosida Dasturga kirtilgan va ta'mirlash ishlariga 2 milliard 090 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Shuningdek, mazkur qaror asosida tumanimizning Sarikanda mahallasidagi Hazrati Ali sel yo’lining qurilishi, Demursad mahalla fuqarolar yig’inidagi Kasmidon sel yo’lini qayta ta'mirlanishi, Umbara qishlog’idagi Umbara-Chilgi sel yo’lini ta'mirlanishi, Sohibkor» mahalla fuqarolar yig’inidagi Sohibkor yangi sel yo’lini qurilishi rejaga kiritilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram