TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI MUAMMOLAR TUMAN HOKIMI O’RINBOSARI TOMONIDAN O’RGANILDI
2023-05-27 18:07:29 132
Tuman tibbiyot birlashmasidagi muammolar tuman hokimi o’rinbosari tomonidan o’rganildi
Respublikamizda tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida xalqimiz salomatligini saqlash, uning hayotini asrashdek ezgu maqsad mujassam. Olis hududlar, ayniqsa, So’x tumanida ham bugun xalqimiz tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasini yaqqol sezishayotir.
Tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni takrorlamoqchi emasmiz, faqat shuni ta'kidlash lozimki, soha vakillari berilayotgan barcha e'tiborga nisbatan mas'uliyatli bo’lishlari va yaratib berilgan sharoitlarni asrab-avaylashlari lozim bo’ladi. Tuman tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirgan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov sohadagi, tibbiyot birlashmasidagi bo’limlarning muammo va kamchiliklarini ham o’rgandi.
Birlashmadagi ichki kasalliklar bo’limi, bolalar bo’limi, reanimatsiya bo’limi, jarrohlik bo’limi, tez tibbiy yordam bo’limi, tug’ruqxona kompleksi mutasaddilari bilan suhbatlagan tuman hokimi o’rinbosari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tegishli ko’rsatmalar berdi. Aksariyat kamchiliklar joyida bartaraf etildi va muammoli holatlar bo’yicha aniq ruyixat tuzish va tuman hokimligiga hal etish uchun taqdim etish vazifasi birlashma rahbariyatiga yuklatildi.
Tibbiyot birlashmasidagi tozalik va ozodalikka alohida e'tiborli bo’lish, dori-darmonlar ta'minotini belgilangan tartibda amalga oshirishga doir topshiriqlar berildi. Tug’ruqxona kompleksi ta'mirlanayotgani bois, mazkur bo’lim Sohibkor mahalla fuqaroolar yig’inidagi tibbiyot bo’limiga ko’chirilgani ma'lum qilindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram