BILASIZMI?
2023-05-26 20:02:46 125
Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo’ladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, O’zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:
BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln so’mdan 15 mln so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Shunga ko’ra, ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqishda ko’pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O’zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rish majburiyatini yuklaydi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma'muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O’zbekistonga qaytarilishini ta'minlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O’sha qilmish og’irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram