YOSH PILLAKORNING NIYATI - REJANI ORTIG’I BILAN BAJARISHDAN IBORAT
2023-05-26 20:00:22 133
Yosh pillakorning niyati - rejani ortig’i bilan bajarishdan iborat
Ayni kunda tumanimizning 1-sektori hududidagi pillakorlar zimmalariga yuklatilgan mas'uliyatli vazifa – ipak qurti parvarishlash va sifatli pilla terib olishni a'lo darajada bajarishga astoydil harakat qilishayotir. Jami bo’lib, “Ozod” shirkati xo’jaligi ijarachilari va hududdagi fermerlarga bu yili 170 qutti ipak qurti berilgan.
Tuman hokimi Qal'acha mahallasidagi pillakorlar bilan uchrashdi va ancha yildan buyon ushbu yumush bilan shug’ullanayotgan Muharramxon Yuldosheva xonadonida bo’ldi. Muharramxon bu yili 19 gramm, ya'ne bir qutti ipak qurti olib, Mavludaxon Habibovaning bandligini ta'minlashga ham erishgan.
- O’tgan yili ham ipak qurti parvarishlab, noumid bo’lmaganmiz. Bu yilgi hosilimizdan ham umidimiz katta, 200 foiz etib rejani bajarish niyatimiz bor, bunin uchun pilla ozuqasi mutasaddilar tomonidan vaqtida yetkazib berildi, - deydi bilan suhbatda yosh pillakor.
Pillakorlarga bir qator imtiyozlar belgilangan va ushbu imtiyozlardan samarali foydalanilmoqda. Eng asosiy imtiyoz pillakorlar uchun ushbu yumushlariga bir yillik ish staji rasmiylashtiriladi va albatta bu pillakorlar manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram