Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAYERLARDA HASHARLAR O’TKAZISH TAQIQLANADI?

×

 2023-05-25 16:39:40    141

PDF yuklash
Chop etish


Qayerlarda hasharlar o’tkazish taqiqlanadi?

“O’zbekiston respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga ko’ra, hasharlar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o’tkaziladi:

umumxalq hasharini o’tkazish to’g’risida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori bo’lganda;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat'iy rioya etilgan holda;

jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta'mirlash va qishloq xo’jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat'iy yo’l qo’yilmagan holda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, ish o’rinlarini tartibga keltirish.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros ob'ektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni o’tkazish taqiqlanadi:

avtomobil yo’llarida;

harakatlanish tig’iz bo’lgan ko’chalarda;

suv ob'ektlari, qirg’oqbo’yi hududlar va zonalarda;

qurilish maydonlarida;

bino va inshootlar tomlarida;

xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida;

insonlarning hayotiga yoki sog’lig’iga xavf tug’ilishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan boshqa joylarda.

Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram