Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI JAVPAYA MASSIVIDA O’ZLASHTIRILAYOTGAN YANGI YER MAYDONLARIDA TASHKIL ETILGAN INTENSIV O’RIKZORDA OLIB BORILAYOTGAN ISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI

×

 2023-05-25 16:29:54    60

PDF yuklash
Chop etish


VILOYaT HOKIMI JAVPAYa MASSIVIDA O’ZLAShTIRILAYoTGAN YaNGI YER MAYDONLARIDA TAShKIL ETILGAN INTENSIV O’RIKZORDA OLIB BORILAYoTGAN ISh JARAYoNLARI BILAN TANIShDI

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So’xning Javpaya massivida bo’lib, o’zlashtirilayotgan yangi yer maydonlarida tashkil etilgan intensiv o’rikzorda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Ma'lumki, ushbu massivning yuqori qismida o’rik bog’i barpo etildi. Hozirgi kunda birinchi bosqichda 230 gektar yerga xorijdan keltirib ekilgan o’rik ko’chatlari kurtak otdi. Hududda tomchilab sug’orish tizimi o’rnatildi. Yangi o’rikzor 50 sotixdan lotlarga ajratilib, kooperatsiya usulida mahalliy aholiga, ishsiz yoshlarga ajratib berildi.

Hozirda o’rik qatorlari oralariga ekilgan loviyalar avj urib o’smoqda, shu bilan birga oliy navli oshqovoq urug’i ekishga kirishilmoqda.

G’aznov MFYda yashovchi Zikrixon Qo’shoqova ham mazkur o’rikzordan 50 sotix olishi hisobiga oilasining 6 nafar a'zo band bo’ldi. O’rik oralariga ekilgan loviya ko’kka bo’y cho’zmoqda. Viloyat hokimi bilan suhbatda ham Zikrixon opa Davlatimiz rahbarining e'tiborlari bilan tumanda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi va bundan hudud aholisi mamnun bo’lib, mehnat qilish evaziga doimiy daromad manbaiga ega bo’lish imkoniyati yaratilganligini ta'kidladi. 

Shu joyda yer egasiga aylangan aholi vakillari hamda mas'ullar ishtirokida muhokama muloqoti ham o’tkazildi. YErlarda haydov ishlarini jadal olib borish, har bir ko’chatni pastki qismidagi barglaridan tozalash, o’rik qator oralariga oshqovoq ekish kabi ishlarni hamjihatlik bilan vaqt yo’qotmasdan qisqa muddatlarda amalga oshirish, yakuniy hosilga baraka berishi va pirovardida oilalar byudjetiga bu yildanoq sezilarli daromad olib kelishi qayd etildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram