Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA – YANGI O’ZBEKISTONNING HUQUQIY POYDEVORI VA INSON HUQUQLARINING KAFOLATI

×

 2023-05-25 15:20:21    268

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya – Yangi O’zbekistonning huquqiy poydevori va inson huquqlarining kafolati

 

Ma'lumki, so’nggi yillarda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar bo’lyapti. Manzilli ijtimoiy himoya tizimi yaratildi, iqtisodiyot erkinlashib, xususiy mulk egalari ko’payib boryapti, madaniy hayotimizda, sport sohasida yoshlarimizning yutuqlari kundan-kunga oshib boryapti, parlamentarizm va sud-huquq sohasida ham demokratik o’zgarishlar qilinyapti. Xalqimizni qarashlari o’zgarib, huquqiy ongi oshib boryapti, davlat organlari ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazorati olib borilyapti. Albatta bunday ochiq fuqarolik jamiyatida Konstitutsiya va qonunlarimiz ham zamondan orqada qolib ketmasligi kerak!

O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida o’z aksini topgan xalqparvar davlatni barpo etish yo’lidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun yangi konstitutsiyaviy makon kerakligini barchamiz birday tushundik.

Bag’rikeng xalqimizning faol qo’llab-quvvatlashi natijasida Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilindi.

Konstitutsiyada kambag’allikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo’yicha yangi kafolatlar belgilandi.

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkinmasligi, ushlab turish chog’ida uning huquqlari va ushlab turilish asoslari unga tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o’ziga qarshi ko’rsatma bermaslik, ya'ni “sukut saqlash” huquqi kafolatlandi.

Yangi yozishmalar, telefon orqali so’zlashuvlar, pochta, elektron xabarlar va boshqa xabarlarni sir saqlash huquqi faqat sud qaroriga asosan cheklanishi mumkinligi belgilandi.

Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi mumkin emas.

Konstitutsiyada davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi va boshlang’ich professional ta'lim bepul ekanligi ham belgilandi.

Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi va ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag’ishlangan alohida bob kiritilishi va ular faoliyati kafolatlarining belgilanishi Yangi O’zbekistonda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o’rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Yana bir muhim qadam shundaki, fuqarolarga sud tomonidan o’ziga nisbatan qo’llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi.

 

Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram