SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-05-24 11:01:49 127
Savol bering, javob beramiz
Savol: Dastlabki sinov muddati bo’yicha ma'lumot bersangiz
Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasi talablariga ko’ra, dastlabki sinov muddati uch oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o’rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo’linmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi kerak.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qo’shilmaydi.
Shuningdek, 131-moddasiga asosan dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi to’liq tatbiq etiladi.
Dastlabki sinov davri mehnat stajiga, shu jumladan har yilgi mehnat ta'tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ham kiritiladi.
A.Toshpulatov - So’x tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram