YOSHLAR BILAN INDIVIDUAL ISHLASH TIZIMI: AMALIYOT VA SAMARADORLIK
2023-05-24 10:43:55 176
Yoshlar bilan individual ishlash tizimi: amaliyot va samaradorlik
Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 11-aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi berilgan topshiriqlariga asosan “Yoshlar bilan individual ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi mas'ul xodimlari, tuman ichki ishlar bo’limi, tumandagi milliy gvardiya bo’limi, tuman tibbiyot bo’limi, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
- O’quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad, og’ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning aniqlangan muammolarini hal etish bo’yicha namunali “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish mexanizmlari bo’yicha tegishli ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat, - deydi Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram