SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-05-23 17:36:28 121
Savol bering, javob beramiz
Savol: Qanday hollarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji to’lanmaydi?
Javob: O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, qo’yidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini to’lashdan ozod qilinadi:
Yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo’yicha huquqiy yordam ko’rsatish to’g’risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o’tkazilganda;
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta'lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko’rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o’tkazilganda;
Biometrik pasport O’zbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo’qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to’lanadi.
F. Boboyev - So’x tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram