TANQIDIY RUHDA BO’LIB O’TGAN OCHIQ MULOQOTDA MUTASDDILARGA QAT'IY KO’RSATMALAR BERILDI
2023-05-23 17:26:21 123
Tanqidiy ruhda bo’lib o’tgan ochiq muloqotda mutasddilarga qat'iy ko’rsatmalar berildi
Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tanqidiy-tahliliy tarzda bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Tadbirni ochib bergan tuman hokimi dastavval, tumandagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida «Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etiladigan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlariga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil etdi. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi rahbariyatiga mazkur tadbilarni yuqori saviyada va belgilangan tartibda o’tkazilishini ta'minlash, tadbirlarni o’tkazilishida beparvolik va mas'uliyatsizlikka yo’l qo’ymaslik yuzasidan qat'iy ko’rsatmalar berdi.
Bu bo’yicha tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham so’zga chiqib, tadbirlarni hamkorlikda va qat'iy nazorat ostida o’tkazilishini ta'minlashni qayd etib o’tdi. Oxirgi yillarda bunday tadbirlarda yuzaga kelgan noxush holatlar har birimizni ogohlik va hushyorlikka chaqirishi ta'kidlab o’tildi.
Ochiq muloqot jarayonida tumanimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 noyabr 2021 yildagi 20-sonli va davlatimiz rahbari tomonidan 10 sentyabr 2022 yilda imzolangan 373-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar ahvoli muhokama etildi. Mazkur qarorlar asosida aholini ish bilan ta'minlash va ularga qo’shimcha daromad manbai yaratish maqsadida dehqon xo’jaliklari tashkil etish uchun yer maydonlari berilgan, biroq ba'zi bir sabablarga ko’ra, tumanda ushbu yo’nalishdagi ishlar oxiriga yetkazilmagan yoxud aholining e'tirozlariga sabab bo’lmoqda.
Mazkur qarorlar ijrosida yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va loqaydlikka yo’l qo’ygan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga qonun doirasida chora ko’rish bo’yicha qat'iy ko’rsatmalar berildi. Agar har bir mutasaddi rahbar “Qonun ustuvor, jazo muqarrar”ligini his etib faoliyat olib borsa, qarorlar ijrosini ta'minlagan va xalqimzning roziligiga erishgan bo’lar edi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram