DARYO QIRG’OQLARINI MUSTAHKAMLASHGA SALKAM 10 MILLIARD SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILGAN
2023-05-23 17:23:08 131
Daryo qirg’oqlarini mustahkamlashga salkam 10 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan
Ayni kunda Prezidentimizning 25 oktyabr 2022 yildagi 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan So’x tumanida ham keng ko’lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti. Qarorga binoan So’x daryosi o’zanidagi hududlarni tabiiy ofat – suv toshqini va seldan saqlash maqsadida daryo qirg’oqlarini mustahkamlashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Ayni kunda Lenbur va G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini hududida mazkur ishlar jadalik bilan olib borilmoqda. Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 2,5 kilometr masofadagi daryo qirg’oqlarini mustahkamlash ishlariga maxsus texnika va kuch safarbar etilgan. Aytish lozimki, daryo qirg’oqlarini mustahkamlash mahalla aholisi uchn yangi yerlarni ochilishiga ham ko’maklashadi.
G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini hududida esa, qariyb 3 kilometrdagi masofada qirg’oqlarni mustahkamlash ishlari olib borilayotir. Ikkita ob'ektga jami bo’lib 9 milliard 700 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
Daryo qirg’oqlarini mustahkamlash natijasida Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida 200 gektar qishloq xujaligi bog’ va yer maydonlarini sel va toshqinlardan himoya qilinadi. Bu ko’rsatgich G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida 160 gektarni tashkil etadi va bu albatta fuqarolarimizni daromad olishlariga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram