FUQAROLARIMIZGA “SAXOVAT VA KO’MAK” JAMG’ARMASI HISOBIDAN BEPUL TIBBIY YORDAM KO’RSATILMOQDA
2023-05-23 17:16:01 148
Fuqarolarimizga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan bepul tibbiy yordam ko’rsatilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida va hududlarda tashkil etiladigan sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan tibbiy yordam yuzasidan ko’maklashish kabi masalalar ko’pchilikni tashkil etadi. Tuman hokimining bevosita tashabbusi va amaliy ko’magi tufayli bir guruh tumandoshlarimizga tibbiy yordamlar ko’rsatildi, murojaatchilarning asosiy qismi davolanish uchun viloyat tibbiyot birlashmalari va sihatgohlarga ham yuborilgan.
Aytish lozimki, aynan tabobat yoxud jarrohlik amaliyoti o’tkazishda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondining “Saxovat va ko’mak” jamg’armasidan ham moddiy yordamlar ko’rsatildi. Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning so’zlariga ko’ra, ayni kunda kelib tushgan murojaatlarni o’rganib tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi va viloyat sog’liqni boshqarmasi hamkorligida 20 nafar fuqarolarimiz viloyat shifoxonalariiga davolanish uchun yuborilgan.
Shulardan 2 nafar jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun tayerlanmokda, 3 nafari ambulator davolanishda va 17 nafari turli bo’limlarda bepul davolanmoqda. Eslatib o’tamiz, jarrohlik amaliyoti uchun o’tkaziladigan pul mablag’lari Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida amadga oshiriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram