QIRG’IZISTON VA O’ZBEKISTON CHEGARASIDA ODAMLARDAN PUL TALAB QILGAN CHEGARACHILAR QO’LGA OLINDI
2023-05-22 20:03:59 138
Qirg’iziston va O’zbekiston chegarasida odamlardan pul talab qilgan chegarachilar qo’lga olindi
Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining maxsus bo’linmalari to’rt chegarachini qo’lga oldi.
Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi ma'lumotlariga ko’ra, ular O’zbekiston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o’tkazish punktida tovlamachilik bilan shug’ullangan. Ya'ni, ular chegarani xavfsiz kesib o’tishlari uchun fuqarolardan 50 somdan 1000 somgacha pul talab qilishgan, deya ta'kidladi xavfsizlik xizmati.
Pul berilmagan taqdirda harbiylar odamlarga turli to’siqlarni yuzaga keltirishgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram