Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI UCHUN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-05-22 20:01:23    108

PDF yuklash
Chop etish


Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tadbir tashkil etildi

Tumanimizning bolalar musiqa va san'at maktabida 1-sonli umumiy o’rta maktab o’qituvchisi Mullojon Fayzidinov tashabbusi bilan “Xayr, boshlang’ich sinfim!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Bu yil boshlang’ich sinflar o’qituvchisi Mullojon Fayziddinovning o’quvchilari 4-sinfni bitirishayotir va tashkil etilgan mazkur tadbirda o’quvchilar o’z chiqishlari orqali ishtirokchilarga o’z bilimlarini namoyish etdilar.

 

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Gulnozaxon Usmonovalar o’quchilarning ota-onalari bilan bolalar chiqishidan bahramand bo’ldidar. Maktab, baxtli bolalik haqida ijro etilgan kuy-qo’shiq va she'rlar barcha tomoshabinlarga manzur bo’ldi.

 

Tadbir oxirida yosh o’qituvchi Mullojon Fayzidinovga tuman hokimi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo’limining “Faxriy yorliq”lari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi. Maktab ma'muriyati tomonidan faol o’quvchilar va ularning ota-onalariga ham sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram