Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-05-20 18:01:11    121

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Konstitutsiyaga o’zgartirish tartibi xaqida ma'lumot bersangiz

 

Javob:   Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oltinchi bo’limi 154 moddasida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.


Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta ko’rib chiqilishi mumkin emas.


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin” deb belgilangan hamda 155-moddasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiyani o’zgartirish to’g’risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin” deb belgilangan.


O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram