DEPUTAT ORZUSI USHALADIGAN BO’LDI
2023-05-20 16:59:29 146
Deputat orzusi ushaladigan bo’ldi
Respublikamizda maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga berilayotgan e'tibor hududlarda ham ushbu muassasalarga bo’lgan ishtiyoqni ham kuchaytirmoqda. Yaratilayotgan sharoitlar tufayli bugun tumanimizda maktabgacha ta'lim muassasalarga bolalar qamrovini keskin oshib ketishiga omil bo’layotir.
Oxirgi ikki yilda tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bo’lgan qamrov foizi 35 dan 75 gacha ko’tarildi. Bolalar qamrovining ikki marotabaga ortishi sohada olib borilayotgan amaliy ishlarga ham bog’liq albatta.
Biroq, tumanimizda maktabgacha ta'lim muassasalariga bo’lgan ehtiyoj hargiz susaygani yo’q. Chashma mahalla fuqarolar yig’inida maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etish ushbu hudud aholisning azaliy orzusi hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu orzu va niyat Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi Kamoliddin Azizovni hech tinch qo’ymadi.
Respublika Oliy Majlisi Senatigacha ushbu masalada murojaat etgan deputat orzusi ushalmoqda. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Achilbay Ramatov raisligida bo’lib o’tgan faollar yig’ilishida ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi va mazkur e'tibor doirasida Chashma mahallasida 300 nafar bolajonlarga mo’ljallangan yangi davlat maktabgacha ta'lim muassasasi quriladi.
- Xalq vakillarining murojaati e'tiborga olinishini yaxshi bilardim. O’zimni bugun baxtiyor his etayapman. Chunki barkamol avlod kelajagini o’ylab qilgan harakatlarimiz davlat rahbari e'tibori asosida o’z barakotini bermoqda. Berilgan e'tibor uchun o’zimning cheksiz minnatdorchilgimni bildiraman, - deydi orzusi ushalgan deputat Kamoliddin Azizov.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbari e'tibori asosida So’x tumanida misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi. Bizlar bo’layotgan barcha ishlarga xayrihoh bo’lmog’imiz va islohotlar jarayonining bevosita ishtirokchisi bo’lishimiz lozim.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram