SUV XO’JALIGI VAZIRI O’RINBOSARI AHOLI BILAN UCHRASHDI VA MUAMMOLARINI O’RGANDI
2023-05-20 16:56:59 143
Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari aholi bilan uchrashdi va muammolarini o’rgandi
Ayni kunda tumanimizda bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari – Suv xo’jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi bosh direktori Dilshodjon Akmaldinovich Xodjiaxmedov tuman mahallalarida bo’lib, aholi bilan uchrashmoqda. Uchrashuvlar jarayonida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o’rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida aholini qiynayotgan muammolar o’rganilmoqda.
Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari tuman hokimi va mutasaddi sohalar vakillari hamrohligida ushbu mahalla fuqarolari bilan uchrashdi. Mazkur mahallada aholini qiynayotgan eng dolzarb va asosiy muammo suv ta'minoti hisoblanadi.
Aholi toza ichimlik suvini mahalla hududlarida barpo etilgan hovuzlardan olib iste'mol qilishadi. Vazir o’rinbosari mahalalda barpo etilgan ichimlik suvi tik qudug’i va suv ta'minotiga doir bajarilgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Qayroq suv nasos stantsiyasidagi bugungi ishlar ham ko’dan kechirildi.
Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’ini hududida sug’orish suvi tortish ishlariga Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida 1 milliard 627 million so’m mablag’ yo’naltirilgan va ushbu ishlarning bajarilishini vazir o’rinbosari o’z nazoratiga olishini qayd etdi. Aholining muammolar yuzasidan qilingan murlojaatlari ham ijobiy hal etilishi ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram