Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI SUV BILAN TA'MINLASH ISHLARI TO’LIQ OXIRIGA YETKAZILADI

×

 2023-05-20 16:55:22    68

PDF yuklash
Chop etish


Aholini suv bilan ta'minlash ishlari to’liq oxiriga yetkaziladi

Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4798-sonli qarori asosida tumandagi 17 ta mahallalar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash ko’rsatib o’tilgan. Qarorga ko’ra mazkur mahallalar hududida yashovchi 59 ming nafar aholini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida 274 km ichimlik suv tarmog’i tortish va 30 ta ichimlik suv inshooti qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Achilbay Ramatov So’x tumaniga qilgan tashrifi davomida tumanda ushbu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirish maqsadida vazirliklar vakillari va ushbu soha namoyandalari bilan hududlarga chiqib, suv ta'minotiga biriktirilgan “Yangi avlod qurilish invest” MChJ rahbariyati bilan ushbu masalani atroflicha tahlil qildi.

Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari hali oxirigacha yetkazilmagan. Barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida ichimlik suvi tarmog’i tortilgan, biroq suv xonadonlarga kirib bormagan.

Aholining haqli ravishdagi e'tirozlariga sabab bo’layotgan bu holatlarga “Yangi avlod qurilish invest” MChJ rahbariyati Bosh vazir o’rinbosariga ma'lumot berdi. Tumanning “Obishirsoy” mavzesida qurilgan ichimlik suvi inshootini ko’zdan kechirgan Achilbay Ramatov sohadagi ishlarni sifatli qilib bajarish va Prezident qarorida ko’rsatilgan bandlarni to’liq bajarilishi yuzasidan MChJ rahbariyatiga qat'iy ko’rsatma va topshiriqlar berdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram