Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANNING BARCHA TA'LIM MUASSASALARIDA “YANGI O’ZBEKISTONNING MA'RIFATLI YOSHLARI” TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-05-20 16:53:41    65

PDF yuklash
Chop etish


Tumanning barcha ta'lim muassasalarida “Yangi O’zbekistonning ma'rifatli yoshlari” tadbirlari o’tkazilmoqda

Viloyatimiz barcha shahar va tumanlarida bo’lgani kabi So’x tumanida ham “Yangi O’zbekistonning ma'rifatli yoshlari” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan tadbir tumanimizning Guliston mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etildi.

Tuman hokimligi, ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda uyushmagan yoshlar, 9-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari va pedagogik jamoasi, mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla yoshlarini unutilmas tadbir bilan tabriklab, bunday ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etish yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Gulshanjon Ibragimovning so’zlariga ko’ra, tumandagi tadbirlar asosan "Gulxan atrofida she'rxonlik bazmi" mavzusida o’tkazilayotir. Tashkil etilayotgan bu tadbirlarda yoshlarning iste'dod va mahorati sinovdan o’tkazilib rag’batlantirilmoqda.

Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, yangi-yangi iste'dod va iqtidor egalarini aniqlash, o’quvchilarni kitobxonlikga jalb qilish hamda ularning kelajakdagi orzulariga qanot bag’ishlashdan iborat. Tadbirda o’quvchilar nafaqat shoirlarimiz, balki o’zlarining ijodlaridan namunalar keltirib, qatnashchilarda katta taasurotlar qoldirdilar.

Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etganligi va faol ishtiroki uchun maktab jamoasiga ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan 200 dona yangi badiiy adabiyotlar sovg’a etilishi aytildi. O’tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirga 200-nafar o’quvchilar va mahalla yoshlari jalb qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram