PILLAKORLAR HOLIDAN XABAR OLINMOQDA
2023-05-20 16:50:46 134
Pillakorlar holidan xabar olinmoqda
Ayni kunda tumanimizda qishloq xo’jaligining birinchi hosili – pilla yetishtirish maqsadida ipak qurti parvarishlash ishlari avj olgan. Ushbu yo’nalishda sohada o’ziga xos tajribaga ega bo’lgan va shuning barobarida o’zinining sinov muddatini o’tayotgan pillakorlar astoydil harakat qilishayotir.
So’x tumani hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarovaning so’zlariga ko’ra, tumanimizda “Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida ularga, ya'ni pilla yetishtirish istagida bo’lgan ayollarga ipak qurti berilgan. Qonunchilikka ko’ra, ipak qurti parvarishi bilan shug’ullangan xotin-qizlar bir yillik ish stajiga ega bo’lishadi.
Tul mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, “Ayollar daftari” ruyihatida turadigan Xolidaxon Yuldosheva va Maqbulxon Sohibnazarovalar ham bu yili 2 qutidan ipak qurti olishgan. Tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo’limi vakillari ushbu pillakorlar xonadonida bo’ldildar.
Pillakor ayollar holidan xabar olgan hokimlik vakillari albatta ularga berilayotgan e'tibor va pilla ozuqasini yetkazib berish bo’yicha suhbatladilar. – Pillachilikning o’ziga xos mashaqqati bor, biroq, biz endi ishsiz emasmiz va bir yillik ish stajimiz ham bo’ladi va bundan mamnunmiz, - deydi pillakorlar.
Ma'lumot uchun: tumanda faoliyat ko’rsatayotgan shirkat va fermer xo’jaliklari tomonidan 2023 yil pilla hosili uchun jami 663 quti ipak qurti parvarish qilinib, 38 tonna pilla xom ashyosi topshirish rejasi belgilab berilgan. Bugungi kunda jami “Ozod” shirkat xo’jaligi hududiga 170 quti ipak qurti aprvarishlash uchun berilgan va ayni kunda ipak qurti parvarishi davom etyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram