MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA
2023-05-20 16:49:20 130
Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
Jamiyatda adashgan insonlarni to’g’ri yo’lga solish, ularga har doim e'tiborli bo’lish va moddiy rag’batlantirish vazifalari joylarda tashkil etilgan ijtimoiy ko’nikma markazlari zimmasiga yuklatilgan. So’x tumanida ushbu tizimi orqali adashgan fuqarolarni qo’llab-quvatlashga doir arzirli ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Mahalla” jamg’armasi hamkorligida jazo muddatini o’tab qaytgan Dalerjon Safarovga moddiy yordam ko’rsatildi. Shuningdek ushbu fuqaroga qayta jinoyat sodir etmasligi uchun mahalla faollari, 25-sonli umumiy o’rta maktab o’qituvchisi va profilaktika inspektorini tarbiyachi-murabbiy etib tayinlandi.
Tuman ijtmioiy ko’nikma markazi bosh mutaxassisi Nishonali Ibragimovning so’zlariga ko’ra, fuqaro Dalerjon Zoyidjonovich Safarov moddiy yordam so’rab murojaat etgan. Murojaat yuzasidan tuman hokimining birinchi o’rinbosari, komissiya raisi Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida fuqaroning sharoiti har tomonlama o’rganilib, suhbat o’tkazildi.
Komissiya xulosasiga binoan, oilali, 1 nafar farzandi bor ushbu fuqaroga eng kam oylik ish haqining 4,5 barobari ya'ni 1 350 000 so’m miqdorda moddiy yordam ko’rsatildi. Fuqaro davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram