Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PREZIDENTIMIZNING 408-SONLI QARORI ASOSIDA TUMAN MAHALLALARINI OBODONLASHTIRILISHGA 29 MILLIARD 970 MILLION SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILGAN

×

 2023-05-20 16:48:10    158

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida tuman mahallalarini obodonlashtirilishga 29 milliard 970 million so’m mablag’ yo’naltirilgan

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 408-sonli qarori asosida So’x tumanda ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Tuman sektorlar kesimida qo’yidagi ishlar amalga oshirildi:

1-sektor xududidagi Tul mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 2,1 kilometr, Sohibkor mahalasi hududidagi 3,5 kilometr ichki ko’chalarini betonlashtirish va astfaltlashtirish uchun 2 milliard 870 million so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lib, bugungi kunda dasturdagi ishlar to’liq yakunlandi. Undan tashqari G’aznov va Lenburg mahalla fuqarolar yig’inlari hududidagi daryo qirg’oqlarni mustahkamlashga 9 milliard 700 million so’m  mablag’ ajratilgan bo’lib, bugungi kunda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jami 4 ta mahalla fuqarolar yig’iniga 12 milliard 570 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

2-sektor    hududidagi Rovon mahalla fuqarolar yig’inida 3,1 kilometr (2 milliard 300 millmon so’m), Qal'a mahallasida 3,5 kilometr (1 milliard 146 million so’m), Navobod mahallasi hududidagi 3,5 kilometr (1 milliard 304 million so’m), Sarikanda mahallasida 8,6 kilometr (2 milliard 853 million so’m), Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida 7 kilometr (1 milliard 727 million so’m), Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida 3,1 kilometr (1 milliard 960 million so’m) ichki ko’chalarini astfaltlashtirish uchun jami 11 milliard 290 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, bugungi kunda Qal'a mahalla hududidagi ichki ko’chalarning ta'mirlanishi to’liq yakunlangan va qolgan mahallalarda qurilish ishlari davom etmoqda.

Mazkur mahallalarning obodonlashtirilishiga 11 milliard 290 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

3-sektor    hududidagi Hushyor mahallasi hududidagi 5 kilometr ichki ko’chalarini astfaltlashtirish uchun jami 1 milliard 604 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, bugungi kunda asfaltlashtirish ishlari to’liq oxiriga yetkazilgan.

Undan tashqari Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’ini aholisini sug’orish suvi bilan ta'minlash uchun yangi tarmoq tortish va suv nasosini ta'mirlashga 1 milliard 627 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib bugungi kunda qurilish-ta'mirlash ishlari 75 foizga bajarildi.

Jami 3-sektordagi 2 ta mahallaga 3 milliard 231 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

4-sektor    hududidagi Mulgon mahalla fuqarolar yig’inida 2,3 kilometr (842 million so’m), Demursad mahallasida 6 kilometr (2 milliard 42 million so’m ), ushbu hududidagi ichki ko’chalarini astfaltlashtirish uchun jami 2 milliard 884 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, bugungi kunda Mulgon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ichki ko’chalar tuliq yakunlanib, Demursad mahallasi hududida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Undan tashqari Guliston mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi elektr ta'minotini yaxshilash uchun 6,6 kilometr yangi tarmoq tortish va 2 dona transformator o’rnatish (970 million so’m) rejalashtirilgan bulib bugungi kunda qurilish-ta'mirlash ishlari 95 foizga bajarildi.

Jami ushbu sektordagi 3 ta mahalla fuqarolar yiyg’iniga yo’naltirilgan mablag’ miqdori 3 milliard 854 million so’mni tashkil etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram