YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH
2023-05-19 20:26:47 137
Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish
Qonunchilik palatasi qonunlar bo’yicha qo’shimcha vakolatga ega bo’ldi. Unga ko’ra, endilikda Senat qonunni ma'qullash yoki rad etish to’g’risida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi qonunni prezidentga yuboradi. Qonunlarning prezident tomonidan imzolanishi va e'lon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun parlament palatalari tomonidan yana qabul qilingan taqdirda, prezidentning bu qonunni imzolash va e'lon qilish muddati o’zgarishsiz (14 kun) qoldirildi.
Prezident muddatidan ilgari prezident saylovini tayinlashga haqli ekani belgilandi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senatga palata a'zolarining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan o’zini o’zi tarqatib yuborish vakolati berildi. Shuningdek, jiddiy voqealar ro’y berganida, ikki palata qo’shma qaror qabul qilgan holda parlament tekshiruvi o’tkazishi mumkinligi ko’rsatildi.
Sudyalar muayyan ishlar bo’yicha hisobdor bo’lmaydi. Konstitutsiyaga qo’shilgan bu norma bo’yicha ham huquqiy sharhga zarurat bor. “Sudlar to’g’risida”gi qonunda “hisobdor” tushunchasi uchramaydi. Sudyalarning o’zlari chiqargan qarorlari bo’yicha hisobdor bo’lmasligi odil sudlovni ta'minlashga qanday ta'sir qilishi – izohtalab holat, bizningcha.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin bo’lmaydi. Avvalgi tartibga ko’ra, bu muddat birinchi marta saylanganida 5 yil, keyingisida 10 yil edi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq lavozimni egallashi mumkin emasligi haqidagi qoida, prezidentdan tashqari, Senat raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, Oliy sud raisi va o’rinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi va o’rinbosari, Markaziy saylov komissiyasi raisi hamda bosh prokurorga nisbatan ham tatbiq etilmoqda. Hokimlar va kengashlar raislari bo’yicha esa bu qoida surunkasiga ikki martadan ortiq aynan bitta viloyat, tuman yoki shaharda hokim yoki kengash raisi bo’lishni cheklaydi; ya'ni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq turli hududlarda hokim yoki kengash raisi bo’lishi mumkin.
Referendumda qabul qilingan qonunning 7-moddasi bilan, barcha darajadagi davlat mansabdorlarining ayni paytga qadar egallab kelgan muddatlari nollashtirildi. Ular lavozimlarini egallab kelayotganining surunkali muddatlari sonidan qat'i nazar, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda xuddi shu lavozimlarga saylanish va tayinlanishga haqli, deb belgilandi.
I.Madaminov - So’x tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram