O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRNING BIRINCHI O’RINBOSARI BOSHCHILIGIDA FAOLLAR YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI
2023-05-19 20:21:24 139
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o’rinbosari boshchiligida faollar yig’ilishi bo’lib o’tdi
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Achilbay Jumaniyazovich Ramatov raisligida tuman madaniyat markazi majlislar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishda Respublikaning turli vazirliklar vakillari, Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosarlari, viloyat boshqarmalari vakillari qatnashdi. Shuningdek, mazkur yig’ilishda tumanimiz vakillari – tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ham ishtirok etdi.
Yig’ilishda so’z olgan Respublika Bosh vazirining birinchi o’rinbosari davlatimiz rahbarining e'tibori va g’amxo’rligi asosida So’x tumanida keng ko’lamli obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4798-sonli qarori haqiqatan ham tuman hayotidagi tarixiy qaror hisoblanadi. Mazkur qaror asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida So’x tumani betakror va go’zal go’shaga aylandi.
Shundan so’ng mazkur qaror asosida tuman miqyosida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. So’x tumanida har bir sohada amalga oshirilgan ishlar uchun davlatimiz tomonidan 700 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi. Prezidentimiz qarori asosida tumanni rivojlantirish bo’yicha 78 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ham qabul qilingan.
Qaror bandlarida ko’rsatilgan aksariyat ishlar bajarilgan bo’lib, ayrimlari qisman bajarilgan va ba'zilari umuman bajarilmay qolgan. Qarorning ushbu bandlariga alohida to’xtalib o’tildi.
4798-sonli qaror asosida asosiy e'tibor aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasiga qaratilgan. Mazkur sohadagi ishlar asosan bajarilgan bo’lsada, biroq aksariyat mahallalarga ichimlik suvi bugungi kunda yetib bormagani qayd etib o’tildi. Va bu holat aholining haqli e'tiroziga sabab bo’lmoqda.
Suv ta'minotiga daxldor bo’lgan idoralar vakillari va tumanda faoliyat olib borayotgan pudratchi tashkilot -“Yangi avlod” MChJ xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar xususida ma'lumotlar berildi va yil yakunigacha sohadagi ishlar to’liq yakuniga yetkazilishi qayd etildi.
Yig’ilishda ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etishga qaratilgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining qarori asosida Chashma mahalla fuqarolar yig’ini hududida 300 o’rinli yangi maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishi rejalashtirilgan va yig’ilishda barpo etiladigan muassasani qurilishi uchun moliyalashtirish masalasi ham hal etildi.
Yig’ilishda Prezident qarorida ko’rsatilgan, qisman bajarilgan va umuman bajarilmagan 10 ta band bo’yicha ham mutasaddilar tomonidan asosli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qarordan tashqari tuman fuqarolari tomonidan turli sohalarga oid bildirilgan taklif va murojaatlar xususida ham ma'lumot berildi. Bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosini ta'minlash qat'iy nazoratga olinishi Bosh vazirning birinchi o’rinbosari tomonidan alohida ta'kidlandi.
– So’x tumani respublika miqyosida o’zining o’rniga ega bo’lgan tuman hisoblanadi. So’xda yashayotgan har bir fuqaro amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidan rozi bo’lishi lozim va tumandagi har bir muammo bartaraf etilishi ta'minlanadi, - deya qayd etdi Ochilboy Ramatov.
Yig’ilish davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo’sayev so’zga chiqib, berilgan va berilayotgan e'tibor uchun Prezidentimizga barcha tuman ahlining samimiy minatdorchiligini bildirdi. Tuman ahli berilayotgan e'tiborga nisbatan o’z mehnatlari bilan Vatanimiz rivoji va ravnaqiga munosib hissa qo’shishlarini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari qarori ijrosini ta'minlash bo’yicha berilgan vaziflarni bajarilishini o’rganish bo’yicha Bosh vazir o’rinbosari boshchiligidagi navbatdagi tashrif iyun oyida amalga oshirilishi qayd etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram