Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHE'RXONLIK TADBIRLARI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2023-05-18 18:05:22    200

PDF yuklash
Chop etish


She'rxonlik tadbirlari tashkil etilmoqda

Yosh avlodni adabiyotga, ayniqsa, she'r va she'rxonlikka bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitob mutolaasiga bo’lgan zavqlarini yanada kuchaytirish maqsadida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Bunday tadbirlarni o’tkazilishida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x bo’linmasi mutasaddilarining hissasi beqiyos.  

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x bo’linmasi va maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi hamkorligida tashkil etilgan "Gulxan atrofida she'rxonlik" kechasi tumandagi 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazildi. Chiroyli bezatilgan sahna ko’rinishi she'rdonlarga o’zgacha ruhiyat bag’ishladi desak, mubolag’a emas.

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x bo’linmasi boshlig’i Gulshanjon Ibragimovning so’zlariga ko’ra, bu kabi tadbirlar qatorida “Qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan kinofilmlar namoyishi” tadbirlari ham o’tkazilmoqda. Tadbirlar may oyining oxirigacha davom etadi va eng faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg’alar taqdim etiladi.

- Bu kabi tadbirlarimiz tumandagi barcha ta'lim muassasalarida davom etmoqda. Yoshlarimizning faolligi tadbirlar ko’rkiga o’zgacha fayz baxsh etmoqda, - deydi Gulshanjon.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram