GULISTON MAHALLASIDA 6,6 KILOMETR MASOFADAGI ELEKTR LINIYALARI YANGILANDI, 221 DONA TEMIR-BETON TAYANCHLARI O’RNATILDI
2023-05-17 18:11:42 121
Guliston mahallasida 6,6 kilometr masofadagi elektr liniyalari yangilandi, 221 dona temir-beton tayanchlari o’rnatildi
Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalardagi eng dolzarb bo’lgan muammolarni hal etiish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 408-sonli qaror aholini qiynayotgan muammolarni hal etishda asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Prezidentimizning mazkur qarori asosida tumanimiz mahallalarini obod qilish maqsadida jami 29 milliard 970 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, ushbu mablag’lar orqali 15 ta mahallaning eng dolzarb bo’lgan muammolari bartaraf etiladi.
Mablag’larning asosiy qismi mahallalardagi ta'mirlanmagan ko’chalarni asfaltlashtirishga yo’naltirilgan. Shuningdek, qaror asosida hudularda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar ham olib borilmoqda.
4-sektor hududida joylashgan Guliston mahalla fuqarolar yig’inida ham ayni kunda ushbu yo’nalishda ishlar olib borilayotir. Mahallada elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan modernizatsiya qilish ishlari bajarildi va ayni kunda ham ushbu amaliy ishlarning davomini ko’ramiz.
Qaror asosida Guliston mahala fuqarolar yig’ini hududidagi elektr ta'minotini yaxshilash uchun 6,6 kilometr yangi tarmoq tortildi, mahallada elektr energiyasiga bo’lgan talabotni qondirish maqsadida 2 dona transformator o’rnatildi va bugun o’rnatilgan yangi 221 dona temir-beton tayanchlarga sip-kabellar tortish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Bunday ishlarga davlatimiz tomonidan 970 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram