Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-05-17 09:58:55    65

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Jamoa shartnomasini tuzish tartibi to’g’risida ma'lumot bersangiz

Javob: Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 70- moddasi talablariga ko’ra, jamoa shartnomasi, agar mehnat jamoasining umumiy yig’ilishida (konferentsiyasida) hozir bo’lganlarning ellik foizidan ko’prog’i uni yoqlab ovoz bergan bo’lsa, ma'qullangan hisoblanadi.

Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma'qullanmasa, ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha komissiya uni umumiy yig’ilishning (konferentsiyaning) takliflari va mulohazalariga muvofiq maromiga yetkazadi hamda o’n besh kun ichida umumiy yig’ilishda (konferentsiyada) ko’rib chiqish uchun takroran taqdim etadi.

Taraflar jamoa shartnomasi loyihasini ko’rib chiqish chog’ida hal qila olmagan ixtiloflarni hal etish bo’yicha nizolar jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yig’ilishida (konferentsiyasida) ma'qullanganidan keyin taraflarning vakillari uch kun ichida jamoa shartnomasini imzolaydi.

Shuningdek mazkur Kodeksning 71-moddasiga asosan jamoa shartnomasi imzolangan kundan e'tiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan e'tiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko’pi bilan uch yil amal qiladi.

Mazkur muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguniga yoki amaldagi jamoa shartnomasini o’zgartirguniga, to’ldirguniga qadar amal qiladi.

Taraflar jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uni uzaytirishi mumkin.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram