Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH

×

 2023-05-17 09:46:20    157

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish

8-o’zgarish. OAV faoliyatiga to’sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo’ladi

Avvalgi Konstitutsiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Tsenzuraga yo’l qo’yilmaydi”.

Yangi Konstitutsiyaga ko’ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo’ldi:

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo’lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o’zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

Tsenzuraga yo’l qo’yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.

Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to’sqinlik uchun javobgarlik Konstitutsiya darajasida belgilandi. MJtK va Jinoyat kodekslariga tegishli javobgarlik kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og’izda va qog’ozda qolib ketmoqda.

Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi qonunchilikni yangi Konstitutsiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.

O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram