Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH

×

 2023-05-16 20:26:59    143

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish

Er xususiy mulk bo’lishi mumkin

O’zbekistonda 2022 yildan e'tiboran qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o’tgan yili e'lon qilingan yangi konstitutsiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora qilingan edi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:

er qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta'minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo’lishi mumkin.

Bosh Qomusning o’tgan yili e'lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: “Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo’l qo’yilmaydi”. Yakunda bu boradagi normalar quyidagicha ko’rinish oldi:

davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi;

monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.

Shuningdek, hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo’lgan: “Xususiylashtirish natijalari qayta ko’rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan norma ham oxir-oqibat Konstitutsiyaga kiritilmadi.

I. Madaminov - So’x tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram