Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADAGI YOSHI ULUG’ INSONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI, ULARGA TIBBIY YORDAM KO’RSATILIB, SOVG’A-SALOMLAR BERILDI

×

 2023-05-16 20:24:12    161

PDF yuklash
Chop etish


Mahalladagi yoshi ulug’ insonlar holidan xabar olindi, ularga tibbiy yordam ko’rsatilib, sovg’a-salomlar berildi

Yoshi ulug’ insonlar, nuroniy otaxon va onaxonlar xonadonlarimiz ko’rki, hayotimizning gultoji sanalishadi. Ularning holidan xabar olish va ularga nisbatan e'tiborli bo’lish bizning eng asosiy vazifamiz hisoblanadi.

Rovon mahalla fuqarolar yig’ini beshligi tomonidan ayni ushbu yo’nalishda arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun “Onalarga ehtirom” festivali doirasida mahalladagi yuz bilan yuzlashgan onaxonlar holidan xabar olindi, ularga sovg’a-salomlar ulashildi.

Tuman hokimining o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, boshqa mutasaddilar bilan mahalladagi 100 yoshni qarshilayotgan Saodatxon Usmonova xonadonida bo’lgan mahalla beshligi xonadon egalari, front orti mehnatkashlari – Abdulxayr va Saodatxon Usmonovalar suhbatidan bahramand bo’ldilar. Mehmonlar tashrifidan mamnun bo’lgan xonadon egalari samimiy dil so’zlarini ezgu tilakdagi duolar bilan izhor etdilar.

Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi mehnat faxriysi Zumradxon Farxiddinova butun umrini barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga bag’ishlagan. Ustoz bilan suhbat chog’ida Respublikamizda davlatimiz rahbari tomonidan ayolga berilayotgan e'tibor alohida minnatdorchilik bilan qayd etildi.        

Mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari bugun hududdagi barcha nuroniylar va xotin-qizlar hollaridan xabar olish barobarida ularning muammo va kamchiliklarini ham bartaraf etishda hissa qo’shdilar. Albatta, kirib borgan xonadon egalari buning uchun minnatdorchilik bildirdilar.     

Rovon mahalla fuqarolar yig’iniga biriktirilgan patronaj hamshiralar va mahalla xodimlari hamkorligida doimiy tibbiyot nazoratida turuvchi fuqarolar xollaridan xabar olindi va ularga tibbiy yordam ko’rsatildi. Xonadonbay yurish davomida bugungi kunda mavsumiy ishlab kelish maqsadida xorij davlatlariga chiqib ketgan fuqarolarning oila a'zolari bilan ham suhbatlar o’tkazildi.  

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram