Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-16 15:31:05    52

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi

So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi. Qabulda xalq qabulxonasi vakillari, hokim o’rinbosarlari, tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda muammosi mavjud fuqarolar ishtirok etishdi.

 

Mazkur qabulda fuqarolar moddiy yordam ko’rsatish, tadbirkorlik masalasida, qishloq xo’jaligiga oid bo’lgan masalalar, tibbiyot muassasalarida davolanish uchun amaliy yordam ko’rsatish, bolalar nafaqasi, doimiy ish bilan ta'minlash kabi muammolar bilan murojaat qilishdi.

 

Tuman hokimi tomonidan har bir fuqaroning muammosi tinglanib, ijobiy hal qilish bo’yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko’rsatmalar berilib ijrosi nazorat ostiga olindi. Qabulda jami 25 ta murojaat kelib tushdi, 11 ta murojaat ijobiy hal etildi, 2 ta fuqaroga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 12 ta murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ijro uchun yo’naltirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram