Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

×

 2023-05-16 14:19:50    134

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichi o’tkazildi


Uch yildirki, Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatimizning shahar va tumanlarida “Onalarga ehtirom” festivali o’tkaziladi. An'anaga aylanib ulgurgan ushbu tadbir So’x tumanida ham o’tkazildi.

“Sohil” dam olish majmuasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib barcha qatnashchilarni samimiy muborakbod etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur festival “Farg’ona tajribasi” asosida o’tkazilayotgani va an'anaga aylanib qolgani, tashkillanayotgan tadbirlarda mo’nis, mo’'tabar va nuroniy onaxonlar, aziz ayollar va xotin-qizlarga nisbatan hurmat va e'tibor ko’rsatilayotgani haqida gapirdi.

 

Tadbirda tumanning barcha hududlaridan turli jabhalarda faollik bilan ish olib borayotgan xotin-qizlar, hayotiy tajribalarini oilada va mahallada yosh avlodga munosib ulashayotgan mehribon bekajonlar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyev ham qatnashib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy qutladilar.  

 

Tadbir fayziga yosh san'atkorlarning diltortar navolari, chiroyli ko’y-qo’shiqlari yanada ko’tarinkilik baxsh etdi. Sahnada yangragan taronalarda onajonlarimiz va ularning cheksiz mehri tarannum etildi.


Tadbir jarayonida mehnat faxriylari va jamiyatda faollik bilan mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Sovg’alarni o’z egalariga tuman hokimi va sektorlar rahbarlari taqdim etdilar.   


Aytish lozim, festivalni o’tkazishdan asosiy maqsad mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni umuminisoniy va milliy, oilaviy qadriyatlar, yuksak odob-axloq tamoyilari asosida tarbiyalash, ularning ong va qalbini g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, har tomonlama barkamol, iqtidorli qizlarni aniqlash, rag’batlantirish va munosib taqdirlash, muqaddas zot hisoblangan onalarga ehtirom va hurmat ko’rsatishdan iborat.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram