PREZIDENT QARORI VA “TASHABBUSLI BYUDJET” ORQALI NAVOBOD MAHALLASI YANADA OBOD BO’LAYOTIR
2023-05-15 18:06:45 120
Prezident qarori va “Tashabbusli byudjet” orqali Navobod mahallasi yanada obod bo’layotir
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 408-sonli qaroriga asosan So’x tumanidagi 15ta mahalla fuqarolar yig’inida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ayni kunda tumanning Navobod mahalla fuqarolar yig’inida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida asfaltlashtirish ishlari olib borilayotir.
Mazkur mahallaning hududida joylashgan 3,5 kilometrli masofaga asfalt qoplamasi yotqziladi. Asfaltlashtirish ishlari mahallada ayni kunda jadallik bilan olib borilmoqda.
Mahallaning ichki ko’chalarini asfaltalshtirish ishlariga 1 milliard 304 million so’m mablag’ yo’naltirilgan. Albatta, berilayotgan e'tibor fuqarolarning mamnunligi va minnatdorchiligiga sabab bo’layotir.
Ma'lumot uchun: mahalla ahli ham hudud infratuzilmasini rivojlantirishda aslo chekkada qolayotganlari yo’q, ular ham faollik bilan islohotlar jarayonida samarali ishtirok etishmoqda. “Tashbbusli byudjet” ning g’olibi bo’lgan mazkur mahallaning “Ahil” ko’chasiga betonli lotoklar o’rnatiladi va ushbu maqsadlarga 1 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan. Tashabbus evaziga bugun mahallalarimiz mana shunday obod va ko’rkam hududga aylanmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram