Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH

×

 2023-05-13 14:41:19    464

PDF yuklash
Chop etish


Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish

5-o’zgarish. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin

Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi Konstitutsiyada quyidagi ikkita norma bilan tartibga solingan edi:

Insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o’zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo’shildi:

Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog’lig’ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo’lgan doirada cheklanishi mumkin.

Cheklovlar bo’yicha bu me'yorlar so’z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya'ni axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi sog’lig’ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta'minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin.

Ta'kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O’zbekiston qonunchiligiga hozircha kiritilmagan. Mazkur modda bo’yicha inson huquqlari “jamoat tartibini ta'minlash maqsadida” cheklanishi bo’yicha ham vakolatli organning huquqiy sharhiga zarurat bor.

F. Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram