“YANGI O’ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI” TUMAN SARALASH BOSQICHI G’OLIBI ANIQLANDI
2023-05-13 14:32:37 169
“Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” tuman saralash bosqichi g’olibi aniqlandi
Oila muqaddas dargoh va jamiyatning mazkur bo’lagida umuminsoniy qadriyatlar shakllanadi. Oila, ayniqsa ibratli oila har bir hududning ko’rki va namunasidir.
Respublikamizda may oyining har 15-kuni “Xalqaro oila kuni” sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bayram arafasida barcha hududlarda “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” ko’rik-tanlovi o’tkaziladi. An'anaga aylangan mazkur ko’rik-tanlovda eng ibratli oilalar saralab olinadi.
Tumanimizda ham mazkur ko’rik-tanlovning tuman bosqichi o’tkazildi va tashkilotchilar tomonidan eng namunali oila aniqlanib olindi. Mazkur ko’rik-tanlovning o’tkazishdan asosiy maqsad oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila farovonligi darajasini oshirish, oilaning qadriyatlarini saqlash, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitini yaxshilashga qaratilgan.
So’x tumani Demursad mahalla fuqarolar yig’ini “Adirlik” ko’chasida yashovchi Jumaboy Jumayev oilasi tumanning eng ibratli oilasi deb topildi. Jumaboy Jumayev umr yo’ldoshi Nasimaxon Jumayeva bilan mana 43 yildirki, tinchlikda va totuvlikda mustahkam oila sifatida birga yashab kelishadi.
4 nafar farzandning baxtli otasi va onasi sifatida mahallada ham o’z o’rinlari bor. Farzandlarini voyaga yetkazgan bu baxtli juftlik bugun qarilik gashtini surmoqda.
“Ibratli oila” deb topilgan Demursad mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Jumayevlar oilasining hayotiy tajribasi, mahalladagi yosh oilalarni mustahkamlash, oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish borasida olib borayotgan ishlari ommalashtirilsa, ishonchimiz komilki, jamiyatimizda va ayniqsa, tumanimizda oila nomli qo’rg’on mastahkamlanishiga asosiy omil bo’la olardi. Tumanning saralash boschiqida ishtirok etgan mazkur oila “Yangi O’zbekistonning ibratli oilasi” sifatida tuman obro’sini viloyatimiz miqyosida himoya qilishadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram