Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSH IXTIROCHILAR” TANLOVI YOSH IQTIDORLARNI SARALASHDA AMALIY KO’MAK BERDI

×

 2023-05-13 14:22:42    93

PDF yuklash
Chop etish


“Yosh ixtirochilar” tanlovi yosh iqtidorlarni saralashda amaliy ko’mak berdi


Yoshlarda iqtidor va mahorat ko’nikmalarini shakklantirilishida tashkil etiladigan turli konkurs va tanovlarning ahamiyati beqiyos. Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida qobilyatli va iste'dodli yoshlarni aniqlash maqsadida So’x tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi va Sarikanda mahallasi yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda “Yosh ixtirochilar” tanlovi bo’lib o’tdi.

 

Tanlovning o’ziga xos jihati nafaqat yoshlar, balki maktab o’quvchilari va mustaqil ixtirochilar turli mahallalardan kelib ushbu musobaqada ishtirok etish imkoniga ega bo’lishdi. Yosh iste'dod egalari elektron o’yinchoqlar, qishloq xo’jalik texnologiyasi, sumo-robot, maishiy texnika va robototexnika yo’nalishlarida o’zaro bellashdilar.

 

- Mahallamiz yoshlaridan aka-uka Baxtishod va Namirjon Aminjonovlar o’z yo’nalishlarida 1-o’rinni, Faridun Ravshanjonov va Muxtorjon Muxammadjonovlar esa 2-o’rinni egallashdi, - deya xabar bermoqda bizga Sarikanda mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov. G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram