Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASIGA OID RESPUBLIKA VAKILLARI BILAN DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

×

 2023-05-13 10:49:21    67

PDF yuklash
Chop etish


“E-AUKSION” elektron savdo platformasiga oid Respublika vakillari bilan davra suhbati o’tkazildi

Bugungi kunda Internet har bir inson hayotining ajralmas qismi va alohida bo’lagiga aylanib qolgan. Barcha amaliyot va jarayonlar internet orqali amalga oshirilishi ham bizdan mazkur sohani kengroq qamrab olshga undaydi. Buning uchun barchamiz mutaxassislarning ma'lumotlariga ehtiyoj sezamiz.

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali savdo-sotiq jarayonlari amalga oshiriladi. Ma'lumot uchun: «E-AUKSION» elektron savdo platformasi (savdo maydoncha) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3149-son qarori bilan tashkil etilgan.

Elektron onlayn-auktsionlar Internet tarmog’i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g’olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o’tkaziladi. So’x tumanidagi kasb-hunar maktabida bo’lib o’tgan tadbir ham aynan ushbu platforma haqidagi ma'lumot va ko’nikmalarni oshirishga bag’ishlandi.

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi Respublika vakili Shuhratillo Rahmonov ishtirokida o’tkazilgan davra suhbatida barcha ishtirokchilarga ko’rgazmali ma'lumotlar orqali tushuntirishlar berildi. O’tkazilgan mazkur tadbirda kasb-hunar maktabi pedagogik jamoasi va o’quvchilariga onlayn auktsionlarda profil yaratish va unda ishtirok etish to’g’risida ham batafsil ma'lumot berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram