TUMANDA ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIGA DOIR KUNDALIK ISHLAR MA'LUMOTI
2023-05-13 09:32:53 135
Tumanda ichimlik suvi ta'minotiga doir kundalik ishlar ma'lumoti
Tumanimiz hududida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda “Yangi avlod qurilish invest” MChJ tomonidan qo’yidagi ishlar amalga oshirildi:
Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini “Adiri Bolo” ko’chasiga 100 metr masofaga tarmoq tortilyapti;
Mazkur mahallaning “Torko’cha” ko’chasiga suv taqsimlash kamerasi o’rnatilmoqda;
“Bo’ston” ko’chasiga suv taqsimlash qudug’i o’rnatilmoqda;
Kaqir mahalla fuqarolar yig’inida yangi kovlangan tik quduq kompressor yordamida tozalanmoqda;
G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini hududida suv minorasi o’rnatish maqsadida kotlovan qazilib beton qo’yish ishlari olib borilmoqda;
Navobod mahalla fuqarolar yig’inidagi “Sholikor” ko’chasida suv quvuri yotqizish maqsadida 60 metr bo’lgan uzunlikdagi masofada transheyalar kavlandi;
Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida nazorat qudug’i (kolodets) o’rnatilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram