YANGI KONSTITUTSIYA. 10 TA ASOSIY O’ZGARISH
2023-05-12 12:28:34 129
Yangi Konstitutsiya. 10 ta asosiy o’zgarish
4-o’zgarish. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga
Konstitutsiyaning yangi tahririga asosan:
Inson bilan davlat organlarining o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda to’liq kodifikatsiya qilib chiqish amalda imkonsiz.
Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo’yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga kelsa, masala inson foydasiga hal etiladi.
Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-kamchilik o’tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi kerak.
A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram