Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI XODIMLARI QURUVCHILAR HUZURIDA

×

 2023-05-12 11:06:04    81

PDF yuklash
Chop etish


Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari quruvchilar huzurida

Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan joylarda, ayniqsa, qurilish maydonlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, qurilish me'yorlari va texnika xavsizligiga rioya qilishga oid turli mavzularda targ’ibot va tashviqot tadbirlarini muntazam o’tkaziladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad inson hayotini saqlash va uni asrashga qaratilgan.  

Oxirgi yillarda Respublikamizning barcha hududlarida ko’p qavatli binolar qad rostlamoqda. Farg’ona viloyati So’x tumanida xam bunday osmono’par binolar miqdor jihatdan ko’p bo’lmasa ham, bor.

Shu munosabat bilan So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari qurilishda shaharsozlik va me'yor talablari asoslariga rioya qilish hamda yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishni targ’ib qilish maqsadida, So’x tumani Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida yangi qad rostlayotgan ko’p qavatli uylar quruvchilari bilan profilaktik tadbir o’tkazdilar. Qurilishda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarga yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan talab va me'yorlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Darhaqiqat, inson qadri va uning manfaati barcha narsadan ustun. Shuning uchun, ushbu bebaho ne'matni asrash va himoya etish soha xodimlarining asosiy vazifasidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram